Spiker
Ataxanov ErgashKirish va salomlashish:
«Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar va hamkorlar! Bugun biz sizlarga NINI Bog'chalar Tarmog'ining 2026–2030 yillarga mo'ljallangan strategik biznes rejasini taqdim etamiz. Mening ismim Ataxanov Ergash, va men sizlarga loyihamizning g'oyasi, missiyasi va strategik ko'rinishini tushuntirib beraman.»
Vision 2030:
«NINI ning bosh maqsadi — 2030-yilga kelib O'zbekistonning barcha asosiy hududlarida faoliyat yurituvchi, 5 000 ta tarbiyalanuvchiga ega bo'lgan eng yirik xususiy maktabgacha ta'lim tarmog'iga aylanish. Biz hozir qayerdamiz? 4 ta filial, 170 ta bola, 200 dan ortiq xodim. 2030-yilga kelib bu raqamlar tubdan o'zgaradi: 37–38 ta filial, 5 000 bola, 550 dan ortiq ish o'rni va yiliga taxminan 40 milliard so'm daromad.»
Missiya:
«Bizning missiyamiz oddiy, lekin chuqur: ota-onalarning vaqtini tejab, ishonchli ta'lim muhitini yaratish orqali, jamiyatga foydasi tegadigan yetuk insonlarni yetishtirish. NINI — bu shunchaki bog'cha emas. Bu boshqacha bog'cha. Biz bolalarni televizor va telefonsiz muhitda, individual STEAM dasturi asosida, 3 tilda tarbiyalaymiz.»
Strategik maqsadlar (SMART):
«Bizning 5 ta strategik yo'nalishimiz bor:
- O'sish: 4 tadan 37–38 ta filialga, 170 tadan 5 000 ta bolaga o'sish. 2028-yildan franchayzing modeli ishga tushadi.
- Moliya: Har bir filialning rentabelligi 27–35% oralig'ida, o'zini qoplash muddati 9 oydan oshmasligi.
- Sifat: Barcha filiallarda NPS 9/10 balldan tushmasligi, guruh to'ldirilishi 90% dan kam bo'lmasligi.
- Brend: "7 kun ishlaydigan, individual STEAM ta'lim va natija kafolati beradigan yagona tarmoq" sifatida pozitsiyalanish.
- HR: 550 dan ortiq xodim, yillik turnover 15% dan oshmasligi.»
Asosiy KPIlar:
«Biz 4 toifada 16 ta KPI bilan ishlaymiz. Eng muhimlari: guruh to'ldirilishi — 90% dan kam bo'lmasligi, mijoz saqlab qolish — 85–90%, NPS — 9/10, xodimlar almashinuvi — 15% dan oshmasligi, va Call→Visit konversiya — 80% dan kam bo'lmasligi. Barcha KPIlar 11 ta raqamli tizim orqali avtomatlashtirilgan holda yig'iladi — Telegram Bot, amoCRM, Notion, NINI-AI va boshqalar.»
Xulosa:
«Bizning kalit tamoyilimiz shunday: filial emas, TIZIM o'sadi. Barcha filiallar bitta mukammal ishlangan mexanizmning bir qismi. SOP v3.0, Kaizen falsafasi va NPS 9/10 standarti bilan boshqariladi. Endi bozor tahlilimiz haqida gapiradigan hamkasbim Yunusov Sardorga so'z beraman.»