NINI bog'chalar tarmog'i — Ochiq vakansiyalar va Anketa
BOG‘CHALAR TARMOG‘I

Bolajonlar kelajagini NINI oilasi bilan birga quring!

Bizda har bir xodim qadrlanadi! Sifat, Madaniyat va Tozalik (SMT) hamda Kaizen doimiy rivojlanish falsafasi asosida ishlovchi quvnoq, ahil va professional jamoamizga taklif qilamiz.

✨ 21 ta lavozim bo'yicha qabul 🔓 Login va parol talab qilinmaydi ⚡ 1 ish kunida javob beramiz
21+ Vakansiyalar faol · Hoziroq topshiring

O'zingizga mos lavozimni tanlang 👇

Quyidagi oynadan lavozim ustiga bosing — talablar va «Anketa to'ldirish» tugmasi darhol pastida ochiladi.

To'liq ekranda ochish
21+ Vakansiya

Ochiq vakansiyalar yuklanmoqda...

Hozir ekranda 21 ta lavozim va anketa to'ldirish oynasi ochiladi.

Bizning qadriyatlar va imkoniyatlar

Nima uchun NINI'da ishlash mazza? 🌟

🚀

15 pog'onali Karyera va Bonuslar

Har bir xodim Amaliyotchidan — «Qahramon xodim» darajasigacha o'sadi. Daraja imtihonlari orqali oylikka +1 dan +2 BHM gacha ustama va ko'krak nishoni beriladi!

Shaffof KPI tizimi mynini.uz
🤝

5+5 kunlik O'qitish va Ustoz (Mentor)

Yangi ishga kirgan xodim yolg'iz qolmaydi! Dastlabki kunlarda shaxsiy Mentor biriktiriladi hamda 5 kun korporativ + 5 kun kasbiy ichki treningdan o'tiladi.

Oson moslashuv Doimiy ko'mak
📚

Shanba — Rivojlanish va Trening kuni

NINI'da shanba kuni bolalar bo'lmaydi! Soat 09:00 dan 13:00 gacha xodimlar o'z ustida ishlaydi, kompaniya kutubxonasi va onlayn kurslar orqali malaka oshiradi.

Kaizen falsafasi Bepul ta'lim
💡

Zamonaviy va Raqamli Muhit

Ortiqcha qog'ozbozlik yo'q! Tayyor dars taqdimotlari, NINI-AI, Notion hamda maxsus Telegram botlar yordamida ishingiz oson va tizimli kechadi.

Zamonaviy filiallar Ahil jamoa